Antonio Ryudiger: " Men birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi bu- Benzema"

  • 4 oktabr, 2024, 18:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antonio Ryudiger kuni kecha bir podkast mehmoni bo‘ldi. Suhbat davomida undan o‘zi uchun eng yaxshi sherik va eng yaxshi raqib deb kimlarni hisoblashini so‘raldi. Futbolchi mazkur savolga quyidagicha javob berdi:

"Men o‘ynagan eng yaxshi futbolchimi? Menimcha bu- Karim Benzema.

Tecno

Aslida Luka Modrich, Toni Kroos yoki Eden Azarni tilga olishim ham mumkin edi. Lekin baribir Benzemani tanlayman. Chunki u ajoyib hujumchi edi. Aql bovar qilmaydigan iqtidor sohibi. Jahon darajasida tan olingan futbolchi.  

"Eng mushkul raqib esa, Serxio Aguero edi. Bu yigitga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘lgan. Men bu erda Messi yoki Ronaldu deyishim mumkin edi. Biroq, ular erlik emas. Umuman boshqa sayyoradan. Shuning uchun oddiy odamlardan birini tanladim", — deya qo‘shimcha qildi Ryudiger.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!