
Antonio Konte: Biz ko‘prog‘iga munosib edik
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte Chempionlar Ligasining 2-turida "Barselona"dan uchralgan (1:2) mag‘lubiyatga izoh berdi.
"Menimcha, biz bu oqshom juda ko‘p narsaga loyiq edik.
Biz "Barselona" kabi ajoyib jamoaga muammo tug‘dira oldik. Balki ba’zi o‘yinchilarimiz ikkinchi bo‘limda kuchsizroq bo‘lishgandir, chunki yaqinda ketma-ket bir nechta o‘yin o‘tkazdik.
Ammo biz hali ham ko‘proq narsaga loyiq ekanimizga aminman. Mag‘lubiyatdan keyin ijobiy fikrlarni topishga bor kuchimni sarflayman, chunki bunday mag‘lubiyat meni xafa qiladi.
To‘pga egalik qilishdagi farq biz ko‘proq to‘g‘ridan-to‘g‘ri futbol o‘ynaganimiz sababli ro‘y berdi. Biz ularning o‘zlarini templarida o‘ynab, muammo tug‘dirishga harakat qildik. Mag‘lubiyatdan keyin, yaxshi jamoa hech qachon yaxshi kayfiyatda uyga qaytmaydi, hatto bunday chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa ham," - dedi Konte.
Fikrlar