
Antoniga Italiyadan taklif bo‘lmoqda!
"Manchester Yunayted" vingeri Antonining kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda "Komo" 25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Sesk Fabregas ham bu transferga qarshi emas. Biroq, Antoni "Betis"ga qaytishni afzal ko‘rmoqda. U 2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismida ijara asosida ispan klubida o‘tkazdi.
"Manchester Yunayted" ham braziliyalikning kelasi mavsumda "Betis"da qolish istagini biladi, biroq klublar haligacha kelishmagan.
Fikrlar