Antoniga Angliyaning grand klublaridan biri qiziqmoqda

  • 4 aprel, 20:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda "Betis" safida ijarada to‘p surayotgan Antoni "Manchester Yunayted"ni tark etib, Ispaniyada qolishi yoki Angliyaning boshqa bir top-klubiga o‘tishi mumkin. 

Tecno

"Betis" Antonini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda, biroq 25 yoshli futbolchiga boshqa jamoalar ham qiziqish bildirmoqda. "TodoFichajes" portali xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi "Arsenal"ning nazariga tushgan. "Kanonirlar" Antonini yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida MYudan sotib olishi mumkin.

"Transfermarkt" ekspertlari Antonining bozor qiymatini 20 million evroga baholamoqda. Vinger ispan klubi safida 12 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!