Antidoping. Terapevtik istisno nima?

  • 20 oktabr, 2022, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Sportchilar turli dori vositalarni iste’mol qilish yoki davolash uslublarini qo‘llashni talab etuvchi kasalliklar va holatlar bilan xastalanishlari mumkin. Agar ushbu kasallik yoki holatni davolash uchun sportchi Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ning taqiqlangan ro‘yxatiga kiritilgan modda yoki uslubdan foydalanishi zarur bo‘lsa, TI rasmiylashtirish orqali sportchi musobaqa davrida zarur bo‘lgan modda yoki uslubdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu vaziyatda sportchi antidoping qoidabuzarlikda ayblanmaydi hamda tabiiyki unga nisbatan hech qanday jazo chorasi qo‘llanilmaydi.

Tecno

Terapevtik istisno ruxsatini olish uchun arizalar malakali shifokorlardan iborat Terapevtik istisnolar bo‘yicha komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Milliy antidoping agentliklari, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Terapevtik istisnolar bo‘yicha komissiyaning ruxsatnomalari faqat milliy toifadagi sport musobaqalari hamda o‘quv-mashg‘ulotlar davrlarida kuchga ega hisoblanadi.

Terapevtik istisno ruxsatini olish uchun qanday tamoyillar mavjud?

WADAning Xalqaro terapevtik istisnolar bo‘yicha standartining 4.2-moddasiga asosan, quyidagi to‘rt tamoyil mavjud bo‘lishi shart:

ushbu taqiqlangan modda yoki uslubdan foydalangan xolda davolanishi zarur bo‘lgan kasallik sportchida mavjudligi aniqlangan;

ushbu davolash maqsadida qo‘llangan modda, barcha ehtimollarni hisobga olgan xolda, sportchining odatdagi natijadorligi yoki ishchanligini sezilarli darajada yaxshilanishiga olib kelmasligi aniqlangan;

ushbu taqiqlangan modda yoki uslub – bu muayyan kasallikni davolash uchun belgilangan va boshqa alternativasi mavjud bo‘lmagan yagona modda yoki uslubligi aniqlangan;

ushbu taqiqlangan modda yoki uslubdan foydalanish ehtiyoji avval undan (TI ruxsatnomasisiz) foydalanganligini oqibati emasligi aniqlanganda.

Kim tomonidan, qaerda va qachon ti arizasi taqdim etiladi?

Antidoping qoidalari talablariga bo‘ysunishi lozim bo‘lgan sportchilar taqiqlangan moddani iste’mol qilishi yoki taqiqlangan uslubdan foydalanishi uchun avval TI ruxsatnomasini olishi zarur. Siz O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bilan uznada.uz@mail.ru elektron pochtasi yoki +99895 1995501, 1996601 telefon raqamlari orqali bog‘lanib, TI ruxsatnomasini olish maqsadida qaysi tashkilotga murojaat qilish lozimligini, arizani retroaktiv ravishda kiritish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot olishingiz maqsadga muvofiqdir.

Avvalambor, davolanishingiz uchun buyurilgan moddalar yoki uslublar WADA taqiqlangan ro‘yxatidan o‘rin olgan yoki olmaganligini tekshiring. Taqiqlangan ro‘yxatni O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining www.uznada.uz yoki Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari yoki WADA ning veb-saytidan (www.wada-ama.org) yuklab olishingiz mumkin.

Siz antidoping qoidalariga rioya qilishingiz shartligi haqida o‘z shifokoringizni ogohlantirishingiz kerak. Siz va shifokoringiz Sizga buyurilgan modda yoki uslubni Taqiqlangan ro‘yxat bo‘yicha tekshirishingiz zarur. Agar ushbu modda yoki uslub taqiqlangan bo‘lsa, uning o‘rnini bosuvchi taqiqlanmagan modda yoki uslubni qo‘llash yuzasidan shifokoringiz bilan maslahatlashing. Sizga buyurilgan modda yoki uslubning alternativasi mavjud emas xolda TI ruxsatnomasini olish uchun murojaat qiling. Buning uchun javobgarlik sportchining zimmasidaligini unutmang.

Siz qo‘shimcha ma’lumot yoki amaliy yordamga ehtiyoj sezsangiz, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bilan bog‘lanishingiz mumkin. So‘ngra O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bilan bog‘lanib, o‘zingizning toifangiz (milliy yoki xalqaro) hamda TI ruxsatnomasini olish uchun belgilangan talablarni aniqlab oling. Agar Siz milliy toifadagi sportchi bo‘lsangiz (ya’ni biron marta xalqaro sport musobaqasida ishtirok etmagan bo‘lsangiz), TI ruxsatnomasini olish uchun O‘zbekiston Milliy antidoping agentligiga oldindan murojaat qilishingiz lozim, favqulodda vaziyatlar va holatlar bundan istisno. Agar Siz xalqaro toifadagi sportchi bo‘lsangiz (ya’ni xalqaro sport musobaqasida ishtirok etgan bo‘lsangiz), TI ruxsatnomasini olish uchun shug‘ullanayotgan sport turingiz bo‘yicha Xalqaro sport federatsiyasiga oldindan murojaat qilishingiz lozim, favqulodda vaziyatlar va holatlar bundan istisno. Faqat musobaqa davrida taqiqlangan moddalardan foydalanish yuzasidan TI ruxsatnomasini olish uchun keyingi musobaqa boshlanishidan 30 kun avval murojaat qilishingiz lozim. Murojaat yo‘llash uchun «O‘zbekiston Milliy antidoping agentligiga TI murojaatini yo‘llash» sahifasiga e’tibor qarating.

Manba: O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!