
"Antalya Friendship Cup". "Lokomotiv" yoshlari shohsupaning yuqori pog‘onalarini band etdi
Turkiyada "Antalya Friendship Cup" turniri nihoyasiga etdi.
Ushbu o‘rtoqlik musobaqasida "Lokomotiv" futbol maktabi yoshlari ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, 2010 yilda tug‘ilgan yosh "temiryo‘lchilar" yakunda chempionlikni tantana qildi.
Shuningdek, Azizxon Umarov boshchiligidagi ikkinchi jamoa 2012 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat tarkib ikkinchi pog‘onani band etdi.
Sunnat Ro‘ziev bosh murabbiylik qilayotgan "Loko"ning U11 jamoasi ham ancha muvaffaqiyatli ishtirok etdi va turnir yakunida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Final natijalari bilan quyida tanishish imkoniyatiga egasiz.
Final, U12 jamoasi
DSI Iroq - "Lokomotiv" 1:3;
3-o‘rin uchun U11 jamoasi
"Nes" Iordaniya - "Lokomotiv" 1:3
Final, U10 jamoasi
"Antalyaspor" Turkiya - "Lokomotiv" 2:1.
Fikrlar