Anri Mbappe haqida: Jamoadagilarning undan xafsalasi pir bo‘lgan

  • 6 noyabr, 2024, 21:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Terri Anri Kilian Mbappening "Real"dagi o‘yinini yuqori baholadi. 

Frantsiyalik hujumchi Chempionlar ligasi doirasidagi "Milan"ga qarshi o‘yinda (1:3) o‘zini ko‘rsata olmadi. 

"Menimcha, jamoaning undan xafsalasi pir bo‘ldi va buni tushunaman. Vaziyat oson emas. Kilian ko‘proq ishlashi kerak. Mbappe "to‘qqizlik" hujumchi sifatida o‘ynashni o‘rganishi va o‘zini isbotlash istagi paydo bo‘lishi kerak. 

Men u "to‘qqizlik" emasligini va bu unga yoqmasligini tushunaman. Ammo Bellingemga qarang. Jud "o‘nlik" chiziqda harakat qiladi, orqaga qaytadi va himoyalanadi. Sizningcha, Bellingemga himoyaga qaytish yoqadimi? U buni qilish kerakligi uchun bajaradi. 

Biz undan Drogba kabi to‘pni o‘zida ushlab turishini yoki to‘pni olib, butun jamoani aldab o‘tishini ham so‘ramaymiz. U faqat jamoa hujum qilganda o‘z ishini qilishini kutamiz",
- dedi "Arsenal" sobiq hujumchisi "CBS Sports" telekanalida. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!