
Ankalaev:"TOP 25 dagi ko‘plab yigitlar uni mag‘lub eta olishadi"
Yarim og‘ir vaznda (93 kg) UFC reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Magomed Ankalaev sobiq divizion chempioni chexiyalik Irji Proxazka haqida gapirdi.
“Kimdir bu yigit bilan gaplashishi kerak. Uning UFC dagi rekordi 4-2. Kuchli 25 talikdagi ko‘plab yigitlar uni mag‘lub eta olishadi”, — deb yozdi Ankalaev ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, Magomed Ankalaev 2018 yil martida UFC dagi ilk jangini o‘tkazgan.
Fikrlar