
Angliyalik yulduz “Manchester Yunayted”ni tanladi
“Manchester Yunayted” kelasi yozda eng asosiy transfer nishoni sifatida Deklan Raysni tanladi.
Mahoratli yarim himoyachiga Angliyaning bir necha grand klublari og‘iz solmoqda. Biroq “Vest Xem” o‘z etakchisi uchun 100 million funt atrofida badal puli so‘rayotgani transferga to‘sqinlik qilmoqda.
Deklan Raysning o‘zi ham kuchliroq klubga o‘tish ilinjida va klub xo‘jayinlari uning narxini sun’iy ko‘tarayotganidan noroziligini bildirgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar hozirdan “Vest Xem” mutasaddilari va futbolchining o‘zi bilan muzokaralarni boshlab qo‘ygan. Rays ham Manchesterga ko‘chib o‘tishga rozi. U terma jamoadagi sheriklari Harri Maguayr va Lyuk Shou bilan bo‘lajak transferni muhokama qilgani aytilmoqda.
Fikrlar