
Angliyalik mashhur sharhlovchi vafot etdi
Angliyalik futbol sharhlovchisi Jon Motson 78 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Motsonning oilasi xabar tarqatdi.
"Jon Motson bugun vafot etganini katta qayg‘u bilan e’lon qilamiz", - deya yozib qoldirgan.
Sharhlovchi 50 yoil davomida BBC, televizor va radio orqali 2,5 mingdan ziyod futbolni sharhlagan. U 10 ta jahon va Evropa chempionatida ishlagan. Professional faoliyatini 2018 yil yakunlagandi. Motson 2005 yilgacha FIFA simulyatorida ham ovoz bergan.
Fikrlar