
Angliyalik futbol eksperti: “Husanov Liga 1ning eng yaxshi 3 ta himoyachisidan biri edi”
“TNT Sports” nashrining eksperti “Manchester Siti”ning yangi himoyachisi Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Nazarimda, Abduqodir Frantsiyada eng yaxshi 3 ta himoyachilaridan biri bo‘lgan. 18 oy avval Belarusiyada harakat qilgan futbolchi endi Angliyada to‘p tepadi. U Gvardiola ta’kidlaganidek jismonan juda kuchli, ikkinchi qavatdagi kurashlarning barchasida g‘alaba qozonadi. Shu bilan birga, u juda tezkor himoyachi ham hisoblanadi. Husanov faqat to‘p bilan ishlash bo‘yicha biroz o‘z ustida ishlashi talab qilinadi. Menimcha, shu bilan ham, Liga 1 da eng yaxshi fulbeklardan biri bo‘lgan” – deya ta’rif berib o‘tdi.
Xabaringiz bor, 20 yoshli himoyachimiz bonuslar bilan birga 50 million evroga “shaharliklar” safiga ko‘chib o‘tib, 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar