Angliyadagi eng zo‘r dribling ustasi superklubga o‘tadi

  • 2 noyabr, 2022, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” mutasaddilari tarkibni muntazam kuchaytirish borishga alohida e’tibor qaratmoqda. Hozir “aristokratlar” “Kristal Pelas” vakili Uilfrid Zaa transferi ustida ish boshlashni rejalashtiryapti.

Tecno

29 yoshli ivuarlik futbolchi bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi. Bundan tashqari, Zaa Angliya premer-ligasining eng zo‘r driblingga ega chaqqon o‘yinchilaridan hisoblanadi.

Tajribali hujumchining amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. Uni “Chelsi”dan tashqari “Arsenal” va “Tottenxem” ham kutmoqda. Zaaning o‘zi kuchliroq klubda o‘ynashga qarshi emas.

Chunki faoliyati davomida “Manchester Yunayted”da bir necha mavsum yurib, ularning asosiy tarkibiga kira olmagan edi. Endi Zaa qanday zo‘r o‘yinchi ekanini manchesterliklarga ko‘rsatib qo‘yishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!