Angliyada yangi transfer rekordi

  • 6 sentabr, 2020, 14:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan “Vulverxempton” o‘z tarxidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi.

Tecno

“Bo‘rilar” Portugaliya chempionati grandi “Portu”ning 18 yoshli hujuchisi Fabio Silva uchun 40 million evro to‘ladi. Bundan tashqari, futbolchining muvaffaqiyatiga qarab, turli bonuslar ham to‘lanadi.

“Vulverxempton” o‘z tarixidagi eng qimmat futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Eng qizig‘i, bu jamoa tarkibidagi portugaliyalik o‘yinchilar soni o‘n nafarga etdi. Chunki jamoa bosh murabbiyi  Nunu Eshpiritu Santu maqsadga etishish yo‘lida ko‘proq o‘z hamyurtlariga ishonch bildirmoqda.

Oddiy futbolchilar qanday qilib super yulduzga aylanadi?

U MYudan ketsa, terma jamoa eshiklari ochiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!