Angliyada Xoland gol urmagan bitta stadion qoldi
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland raqib jamoalarni qaqshatishda davom etmoqda. Angliya Premer-ligasida norvegiyalik hujumchi “Brentford” maydonida ham gol urib, jamoasiga navbatdagi g‘alabani taqdim qildi.
Statistika ekspertlarining ma’lum qilishicha, 25 yoshli hujumchi “Brentford” uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Jitek Kommyuniti” stadionida birinchi bor to‘p kiritdi. Shu tariqa, Xoland o‘zi o‘ynagan 23 ta arenadan 22 tasida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Xoland gol urolmagan yagona stadion “Enfild” bo‘lib turibdi.
Erling bu bo‘shliqni to‘ldirib qo‘yish imkoni ega. “Manchester Siti” Premer-liganing 25-turida “Liverpul” mehmoni bo‘ladi. 2026 yilning 7 fevralida bo‘ladigan o‘sha bahsda norvegiyalik forvard darvozani ishg‘ol qilsa, u gol urmagan stadion qolmaydi.



Fikrlar