Angliyada porlayotgan yulduzni to‘rt grand talashmoqda

  • 23 yanvar, 2021, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Deklan Rays kamtar klub – “Vest Xem”da to‘p sursa ham, yulduz darajadagi futbolchiga aylanib ulgurdi. 22 yoshli yarim himoyachini olish uchun bugun Angliya premer-ligasining to‘rt qudratli klubi – “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Chelsi” o‘zaro raqobatlashmoqda.

Tecno

Aslida bu futbolchi uchun “Chelsi” asosiy xaridor hisoblanadi. Londonliklar o‘tgan yozda unga og‘iz solgan edi. Lekin boshqa futbolchilarga 220 million evrodan ortiq mablag‘ sarflagan Roman Abramovich klubiga Raysni 90 million evroga olish og‘irlik qilgandi.

Endi pandemiya ta’sirida klublar moliyasida yuzaga kelgan vaziyat transferlar narxini pasaytirishga majbur qilmoqda. Ayni paytda “Vest Xem” etakchisini 50-55 million evroga qo‘yib yuborishi mumkin. Narx tushgani uchun futbolchini qo‘lga kiritishni istagan jamoalar soni ortib bormoqda.

Deklan Rays maydonda tayanch zona va markaziy himoyada o‘ynay oladigan futbolchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!