Angliyada Mourinoga grand jamoani topshirishmoqchi

  • 19 aprel, 08:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining eng kuchli jamoalaridan hisoblangan “Tottenxem” joriy mavsumda o‘z muxlislari ishonchini umuman oqlay olmayapti.

Tecno

“Shporlar” musobaqa jadvalining ikkinchi qismida joylashgan va yuqoriga ko‘tarilib, Evropa kuboklar yo‘llanmasiga da’vogarlik qilish imkoniyatidan ayrilib bo‘lgan.

Klub rahbariyati yozda hozirgi bosh murabbiy Ange Postekogluni iste’foga chiqarib, o‘rniga Joze Mourinoni olib kelish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.  

Portugaliyalik mutaxassis ayni paytda Turkiyaning “Fenerbahche” klubida bosh murabbiylik qilyapti. Biroq uning boshqaruvidagi jamoa chempionlik uchun kurashda “Galatasaroy”ga etarli darajada raqobat ko‘rsata olmadi.

Joze Mourino uchun “Tottenxem” begona emas. Mashhur murabbiy “shporlar”ga 2019-2021 yillari bosh murabbiylik qilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!