
Angliyada ikki metrli gigant to‘purar paydo bo‘ldi
Daily Mail nashrining yozishicha, Angliya Premer-ligasi klublaridan “Chelsi” va “Brentford” quyi ligada o‘zini ko‘rsata boshlagan Mayls Libern uchun kurashga kirishdi.
Angliya birinchi ligasida “Charlton Atletik” jamoasi sharafini himoya qilayotgan 19 yoshli futbolchi jismonan baquvvatligi va to‘purarlik qobiliyati bilan nazarga tushdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Mayls bolaligida qisqa muddat “Chelsi” akademiyasiga shug‘ullangan. Keyin 2019 yiliga kelib, “Charlton Atletik” safiga qo‘shilgan va hozirga qadar shu jamoada to‘p tepyapti.
Joriy mavsumda Mayls Libern barcha turnirlarda o‘n marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti bor ishg‘ol qildi. Bu o‘yinchi bo‘yi balandligi sababli yuqoridan kelayotgan to‘plar uchun kurashda raqibga hech qanday imkon qoldirmaydi.
Fikrlar