
Angliya uchrashuv oldidan ettinchi futbolchisidan ayrildi
2024 yilgi Evropa chempionati saralash turnirining o‘ninchi turi oldidan Angliya terma jamoasi yana bir yo‘qotishga uchradi.
“Vest Xem”dan terma jamoaga taklif qilingan Jarrod Bouen Shimoliy Makedoniya bilan bo‘ladigan o‘yinni intizorlik bilan kutayotganedi. Biroq hujumkor futbolchi mashg‘ulotda shikastlandi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bu futbolchi xizmatidan foydalanmasligini ta’kidladi.
- Afsuski, Jarrod Bouen mashg‘ulot paytida shikastlandi. Endi uni maydonga tushirishdan oldin holatini o‘rganib chiqish kerak.
Men jarohat jiddiy emas, deb o‘ylayman. Lekin jaroat darajasini o‘rganish uchun vaqt yo‘q. Biz bu holatda tavakkal qila olmaymiz, - dedi Garet Sautgeyt.
Bunga Angliya terma jamoasining olti nafar o‘yinchisi – Kiran Tripper, Lyuis Dank, Levi Koluill, Jud Bellingem, Jeyms Meddison va Kallum Uilson tuli darajadagi jarohatlar tufayli safdan chiqqan edi.
Fikrlar