Angliya termasining sobiq futbolchisi: "Manchester Yunayted taraqqiyoti 2013 yilda qolib ketgan"

  • 29 oktabr, 2024, 09:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya milliy terma jamoasi va "Nyukasl Yunayted" klubining sobiq futbolchisi Alan Shirerning fikricha, "Manchester Yunayted" so‘nggi yillarda taraqqiyotga erisha olmadi.

"So‘nggi bir necha yil ichida va sarflangan pullar miqdoriga nisbat berib gapirsak jamoada ko‘p taraqqiyot bo‘lmadi. Aslida deyarli bo‘lmadi.

Agar biz kattaroq doirada o‘ylab ko‘rib, fikr qilsak "Manchester Yunayted" ikki yil oldin qayday bo‘lgan bo‘lsa, hozir ham ana shu joyda. Demak, jamoa rivojlanish borasida oldinga qadam tashlamagan. Ochig‘i "mankunianliklar" 2013 yilda ya’ni ser Aleks Fergyusson davrida qolib ketgan. O‘tgan 11 yil ichida men nimadir yangi jihatni ko‘rmadim", - dedi Alan Shirer.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!