
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Antoni hususida to‘xtalib o‘tdi
Angliya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Jo Koul nima uchun Antoni "Manchester Yunayted" va APLda o‘zini ko‘rsata olmasligini tushuntirdi.
"Manchester Yunayted" braziliyalik vingerni 2022 yilning yozida "Ayaks"dan 82 million funt sterling evaziga sotib olgandi. Vinger shu paytgacha jamoa uchun umumiy 84 ta o‘yinda qatnashgan va 12 ta gol urib, 5 ta golga assistentlik qilgan. Bundan tashqari, 14 ta sariq kartochka ham ishlab olgan.
"Muammo shundaki, men uni Erediviziya(Niderlandiya chempionati) uchun ideal futbolchi deb bilaman. Ammo u Premer-ligada "Ayaks"dagi kabi o‘ynashi juda qiyin masala.
U ajoyib texnika va mahoratga ega iqtidorli futbolchi. Uning "Barnsli"ga qarshi o‘ynaganini ko‘rish yaxshi bo‘ldi. Biroq uning joriy mavsumda "qizil iblislar"ning asosiy tarkibiga ta’sir o‘tkazayotganini ko‘rmayapman. Men uning o‘zgarishlarini ko‘rmayapman.
O‘ylaymanki, "Manchester Yunayted" uni o‘zidan yaxshiroq klubga qo‘yib yuboradi. Antoni hali qarib qolmagan. U hali yaqin yillar ichida o‘zining cho‘qqisiga chiqa oladi", - dedi sobiq yarim himoyachisi.
Fikrlar