Angliya terma jamoasini xorijlik mashhur murabbiylarga berishadi

  • 8 avgust, 2024, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionatidan keyin Angliya terma jamoasining 53 yoshli bosh murabbiyi Garet Sautgeyt o‘z lavozimidan ketdi.

Tecno

Angliya futbol assotsiatsiyasi rahbariyati hali yangi bosh murabbiy masalasini hal qilganicha yo‘q. The Guardian nashrining yozishicha, terma jamoa katta ehtimol bilan xorijlik mutaxassis boshqaruviga topshiriladi.

Manbaga ko‘ra, bu lavozimga Tomas Tuxel va Maurisio Pochettinoni taklif qilish rejalashtirmoqda.

Angliya futbol assotsiatsiyasi bosh murabbiy masalasini tezroq hal qilishi kerak. Chunki terma jamoa 7 sentyabr kuni Millatlar ligasida Irlandiya futbolchilariga qarshi maydonga tushishi lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!