Angliya terma jamoasini boshqarishga yana ikki nomzod paydo bo‘ldi

  • 24 oktabr, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbol assotsiatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeytning o‘rnini egallaydigan nomzod qidirmoqda.

Tecno

Bu lavozimga anchadan beri Xosep Gvardiola loyiq ko‘rilyapti. Assotsiatsiya rahbariyati kutilmagan holatlarning oldini olish uchun boshqa nomzodlarni ham tayin qilib qo‘ymoqchi.

Xususan, rahbariyat “Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xauga murojaat qilib, undan rad javobini oldi.

The Telegraph nashrining yozishicha, terma jamoani boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatoriga “Nottingem Forest”da ishlayotgan Stiv Kuper va “Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Grem Potter ham qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!