Angliya terma jamoasi ustozi Gvardiolaga yordam berdi

  • 20 may, 2023, 13:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iyun oyida Angliya terma jamoasi 2024 yilgi Evropa chempionati saralashida ikkita o‘yin o‘tkazadi.

Tecno

Dastlab, 16 sanada Maltaga qarshi, uch kundan keyin esa Shimoliy Makedoniya bilan bellashadi. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Manchester Siti"ning ingliz futbolchilarini maltaliklar bilan o‘yinga chaqirmaslikka qaror qildi.

Gap shundaki, bungacha klub 10 iyun kuni “Inter” bilan Chempionlar ligasi finalini o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Sautgeyt esa Kayl Uoker, Jon Stounz, Jek Grealish va Kalvin Fillipsga qo‘shimcha dam berishga qaror qildi.

Ammo ular 19 iyun kuni Shimoliy Makedoniyaga qarshi o‘yinga chaqiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!