
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
Mashhur ingliz hujumchisi Jermeyn Defo butsaslarini mixga osishga qaror qildi. Futbolchi 39 yoshida faoliyatini yakunlaganini malum qildi.
"22 yillik faoliyatimdan so‘ng, men nafaqaga chiqishga qaror qildim. Bu haqiqatan ham qiyin qaror edi. Men aql bovar qilmaydigan sayohat qildim va futbol orqali ajoyib odamlar bilan uchrashdim. Endi men do‘stlarim va oilam bilan vaqt o‘tkazishni intiqlik bilan kutyapman”, - dedi Defo.
Hujumchi faoliyati davomida “Vest Xem”, “Tottenxem”, “Portsmut”, “Reynjers” va yana bir qator klublarda o‘ynagan. U Angliya terma jamoasida 57 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan.
Fikrlar