
Angliya terma jamoasi 21 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti
Angliya terma jamoasi kecha Shveytsariya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Unda inglizlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "uch sherlar" mag‘lubiyatsiz seriyasini yana bittaga ko‘paytirdi. Hozirda futbol yurti vakillari 21 o‘yindan beri yutqazmay kelmoqda (penaltilar seriyasi va ekstra-taymlar hisobga olinmagan).
Oxirgi marta Garet Sautgeyt shogirdlari Belgiya terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bu uchrashuv 2020 yil noyabr oyida Millatlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan.
Shundan so‘ng Angliya 21 uchrashuvda maydonga tushdi va 17 g‘alaba, 4 durang qayd etdi. Ma’lumot o‘rnida, bu natija Angliya tarixidagi eng uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriya hisoblanadi.
Fikrlar