
Angliya premer-ligasi. MYuni yutgan "Brayton" endi "Vest Xem"ni mag‘lub etdi
APL 3-turidan o‘rin olgan "Vest Xem" - "Brayton" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
G‘alaba qozongan jamoa safida gollarga Makkalister va Trossard mualliflik qildi. Mezbonlarga bu o‘yinda gol urish nasib etmadi.
Shu tariqa, "Brayton" ochkolari sonini 7 taga etkazib olgan holda, jadvalda 4-o‘ringa qaytib oldi. "Vest Xem" birorta ochkosiz holatda jadvalning eng quyi pog‘onasini band etgan.
Fikrlar