
Angliya liga kubogi yarim finalidagi Manchester derbilarining sanalari ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor Angliya liga kubogi yarim final bosqichida Manchester shahrining ikki jamoasi – “Siti” hamda “Yunayted” o‘zaro bahs olib boradi.
Bugun ushbu jamoalar o‘rtasidagi bellashuv sanalari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra dastlabki uchrashuv 2020 yilning 7 yanvar kuni “Old Trafford”da, javob bahsi esa 29 yanvar kuni “Etixad”da bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi yarim final juftligida “Lester” va “Aston Villa” jamoalari kurash olib borishadi.
Fikrlar