
Angliya liga kubogi. "Vest Xem" "Arsenal"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi
Angliya liga kubogining 1/8 bosqichidan o‘rin olgan "Vest Xem" - "Arsenal" uchrashuvi "bolg‘achilar"ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinda Uayt avtogol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, Qudus oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 60-daqiqada Bouen ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. So‘nggi daqiqalarda Edegor javob qaytardi.
Shu tariqa, "Vest Xem" Angliya liga kubogining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Fikrlar