
Angliya liga kubogi. "Manchester Yunayted" yirik hisobda g‘alaba qozondi
Angliya liga kubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Nottingem Forest" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi yakunlandi. Bellashuvda "qizil iblislar" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Markus Reshford 6-daqiqada hisobni ochdi. Bo‘lim so‘nggida Vaut Vegxorst oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Brunu Fernandesh 89-daqiqada gol urib, hisobni yiriklashtirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, mazkur jamoalar o‘rtasidagi yarim finalning javob uchrashuvi 1 fevral oqshomida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar