
Angliya liga kubogi. "Manchester Yunayted" turnir g‘olibiga aylandi
Angliya liga kubogi finalidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Nyukasl" bahsi yakunlandi. Mazkur bellashuvda "qizil iblislar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 33-daqiqa Kazemiro hisobni ochgan bo‘lsa, 39-daqiqada Botman oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, mankunialiklar Angliya liga kubogi g‘olibiga aylandi.
Fikrlar