
Angliya Liga kubogi 1/4 final bosqichiga qur’a tashlandi. "Siti" va MYuda osonroq raqib
22 dekabr kuni Angliya Liga kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda "Manchester Siti" "Liverpul"ni 3:2 hisobida taslim etib, musobaqadan chiqarib yubordi.
O‘yindan keyin turnirning chorak final bosqichiga qur’a tashlandi. Quyida juftliklar bilan tanishishingiz mumkin.
"Manchester Yunayted" — "Charlton";
"Sautgempton" — "Manchester Siti";
"Nottingem Forest" — "Vulverxempton";
"Nyukasl" — "Lester".
Ma’lumot uchun, mazkur bosqich o‘yinlari yanvar oyida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar