
Angliya kubogi. Sondan dubl, Danjumadan debyut o‘yinidayoq gol yoxud "Tottenxem" keyingi bosqichda!
Angliya kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan "Preston" - "Tottenxem" bahsi yakunlandi. O‘yin "shporlar"ning yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Ikki gol muallifi Son bo‘ldi. Yana bir gol Arnaut Danjuma hisobiga qayd etildi. U debyut o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Danjumani "Tottenxem" Ispaniyaning "Vilyarreal" klubidan mavsum oxiriga qadar ijaraga olgan.
Shu tariqa, "Tottenxem" Angliya kubogining keyingi bosqichiga chiqdi.
Fikrlar