
Angliya kubogi. 3 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yinda MYu kambek amalga oshirib, g‘alaba qozondi
Angliya kubogining chorak finalidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Fulxem" to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
50-daqiqada Mitrovich de Xea darvozasini ishg‘ol qildi. 72-daqiqada Mitrovich va Villian qizil kartochka olib, maydonni tark etdi va mehmonlar 9 kishi bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, londonliklarning bosh murabbiyi Marko Silva ham chetlatildi. Shundan so‘ng, MYu 3 ta gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
Shu tariqa, "qizil iblislar" Angliya kubogining yarim finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar