Angliya grandlari qimmatbaho yulduzni kutyapti
Bundesliganing kuchli klublaridan hisoblangan “RB Leyptsig”ning 19 yoshli qanot hujumchisi Yan Diomande Angliya Premer-ligasi klublari e’tiborini tortmoqda.
Ivuarlik iqtidor egasiga “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Tottenxem” va “Chelsi” kabi qudratli jamoalar jiddiy qiziqish bildiryapti.
Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar qildi.
Shunga qaramay, hozircha biron klub hamkorlik masalasida nemis klubiga rasmiy taklif bilan murojaat qilgani yo‘q. Ular transfer uchun turli variantlarni o‘rganib chiqyapti.
Diomandening “RB Leyptsig” bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi va unda badal puli miqdori haqida hech qanday bandi mavjud emas.
Transfer bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, bu savdo 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin amalga oshishi mumkin. Shu bilan birga, “Leyptsig” yangi yulduz uchun xaridor klublardan 100 million evrodan kam bo‘lmagan summa talab qilish niyatida.



Fikrlar