Angliya grandlari Bundesliga yulduzi uchun kurashmoqda. U Sancho va Xavertsdan ham zo‘r!
“Bayer”ning qanot futbolchisi Leon Beyli yozda Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga tayyorlanmoqda. Unga APLning grand jamoalari jiddiy qiziqish bildirgan.
Ayniqsa, “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” 22 yoshli futbolchini olish uchun kattagina mablag‘dan ham voz kechishga rozi.
Beylining o‘zi ham kuchini kuchli jamoada sinab, sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlamoqda. “Bayer” hali uch yillik shartnomasi bor futbolchini 70 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.



Fikrlar