Angliya grandlari birdaniga “Barsa” yulduzidan yuz o‘girdi

  • 30 avgust, 2022, 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati jamoa pleymeykeri Frenki de Yongni sotib yuborishga harakat qilgan edi. Tarkibdagi niderlandiyalik o‘yinchilardan qutilishga harakat qilayotgan bosh murabbiy Xavi Ernandes Frenkining ketishiga qarshilik qilmadi.

Tecno

De Yongni o‘zi Angliya grandlaridan takliflar kelganiga qaramay, Kataloniyada qolishga qaror qildi. Uning tanlovi kataloniyaliklarga ma’qul kelgani yo‘q. Klub uning transferidan kelgan mablag‘ni boshqa futbolchilarga sarflamoqchi edi.

Mohir yarim himoyachini olishga harakat qilgan “Manchester Yunayted” va “Chelsi” tanlovini o‘zgartirdi. Shuningdek, “Liverpul” ham avvaliga Frenki de Yongga qiziqish bildirganiga qaramay, uni sotib olmaslikka qaror qildi.

Shu tariqa, Frenki kamida qishki transferlar mavsumiga qadar “Barselona”da qoladigan bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!