Angliya grandi "Barsa" yarim himoyachisi uchun 50 million evro taklif qilmoqchi

  • 11 aprel, 19:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

21 yoshli futbolchi Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoaning asosiy tarkibida doimiy o‘rin egallay olmayapti, shu sababli u klubni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. El Nacional xabar berishicha, ispaniyalik futbolchini xarid qilishga "Liverpul" tayyor. Angliyaning nomdor klubi Lopes transferiga 50 million evro taklif qilmoqchi.

Fermin Lopesga Madridning "Atletiko"si, "Aston Villa", "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini aynan 50 million evroga teng deb belgilagan.

Joriy mavsumda Fermin Lopes “Barselona” safida 34 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!