
Angliya futbol assotsiatsiyasi "Arsenal"ning talabini rad etdi
Angliya chempionati 22-turi "Kristal Pelas" va "Arsenal" bahsida kanonirlar sardori Per-Emerik Obameyang qo‘pol o‘yini uchun hakam tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi.
Bunday holatda futbolchi Angliya futbol assotsiatsiyasi tasarrufidagi uchta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
"Kanonirlar" futbolchining diskvalifikatsiyasini qisqartirishga harakat qilib ko‘rdi, biroq assotsiatsiya ushbu so‘rovga rad javobini berdi.
Endi Obameyang "Arsenal"ning "Sheffild", "Chelsi" va "Bornmut"ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.
Fikrlar