Angliya Daniyaga, Ispaniya esa Italiyaga qarshi yoxud bizni bugun qanday o‘yinlar kutib turibdi?

  • 20 iyun, 2024, 06:04
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Evro-2024" turnirida bugun ikkinchi turning navbatdagi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Dastlab, Sloveniya Serbiya bilan kuch sinashsa, Angliya Daniyaga qarshi maydonga tushadi. So‘nggi uchrashuv esa Italiya va Ispaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Sloveniya - Serbiya

Birinchi turda Sloveniya Daniya bilan o‘yinda iroda namoyish etib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Jamoaning turnirdagi yagona golini esa Janza urgan. Shuningdek, jamoa o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqanidan keyin hujumlar tashkil qila oldi. Serbiya bo‘lsa Angliyaga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. Dragan shogirdlari birinchi uchrashuvda Pikford darvozasi tomon bitta zarba berdi. 

Slovenia vs Serbia EURO 2024 Group C Matchday 2 preview: Where to watch,  kick-off time, possible line-ups | UEFA EURO 2024 | UEFA.com

Daniya - Angliya

Eriksonning yagona goli evaziga bir ochkoli bo‘lgan Daniya uchun bu uchrashuv juda muhim sanaladi. Agarda jamoa bugun mag‘lubiyatga uchrasa, guruhdan chiqishi qiyinlashadi. Inglizlar esa birinchi o‘yindagi tanqidlarga javob berish uchun harakat qilishadi. Garchi Sautgeyt shogirdlari 3 ochkosi bor bo‘lsa ham, ularning o‘yinidan ko‘ngli to‘lmaganlar yo‘q emas. Shu sababli, Angliya hujumkor futbol namoyish qiladi. Bu Daniyani qiyin bahs kutuib turganini anglatadi. So‘nggi to‘qnashuv 2021 yilda bo‘lib o‘tgan va unda Angliya 2:1 hisobida zafar quchgan. Dastlab, Damsgaard jarimadan hisobni ochgan bo‘lsa, ikki bora "uch sherlar" javob qaytarib, finalga yo‘l olgandi. 

Denmark vs England EURO 2024 Group C Matchday 2 preview: Where to watch,  kick-off time, possible line-ups | UEFA EURO 2024 | UEFA.com

Ispaniya - Italiya

Kunning markaziy o‘yinida Ispaniya va Italiya o‘zaro kuch sinashadi. Turnirni ajoyib kayfiyatda boshlab olgan ispanlar katta jamoalarga qarshi qanday harakat qilishi barcha uchun qiziq. Italiya esa kam gol urgan bo‘lsa ham, muhimi g‘alaba qozona oldi. Ushbu bellashuvga ikkala tomon ham yomon kayfiyatda etib kelayotgani yo‘q. Oxirgi marta Ispaniya va Italiya Millatlar ligasida to‘qnash kelishgan va unda Xoseluning 88-daqiqada urgan goli bilan "qizil furiya" g‘alabni ilib ketgan. Ammo "Evro-2020" dagi yarim finalda italiyaliklar penaltilar seriyasida yutgandi.  

Spain vs Italy EURO 2024 Group B Matchday 2 preview: Where to watch,  kick-off time, possible line-ups | UEFA EURO 2024 | UEFA.com

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!