Anelka: "Messi va Ronaldu mendan o‘rnak olsa bo‘lardi"

  • 18 mart, 2022, 11:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi afsonaviy futbolchisi Nikolya Anelka Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida gapirib o‘tdi. "RMC Sport" nashriga bergan intervyusida aytishicha, ikki futbolchining darajasi tushib borayotgani odatiy hol.

Tecno

"Futbolda uzoq qolishni istaganlar bilan shunday bo‘ladi. Ular allaqachon faoliyatini yakunlashi kerak edi. 

Bu ikki dahoning 15 yil ichida erishgan yutuqlari shunchaki ajoyib. Biroq ular ham odam va tabiiyki, Messi va Ronaldu avvalgidek kuchli bo‘la olmaydi.

Menimcha, ikki futbolchi ham davom etib, xatoga yo‘l qo‘ydi. Masalan, men 36 yoshimda kareramga yakun yasadim. Biroq 32 yoshligimda Xitoyga jo‘nab ketgandim.

Adashmasam, hozir ham meni yaxshi futbolchi, deb xotirlashadi. Shunchaki, vaqtida to‘xtashni bilish kerak", - dedi frantsiyalik sobiq futbolchi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!