
Andrey Koreshkovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum
Bellator promoushenining yarim o‘rta vazn toifasida sobiq chempion Andrey Koreshkovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
13 may kuni Londonda tashkil etilgan Bellator turnirida Koreshkov britaniyalik Pol Deyli bilan jang qiladi.
Rossiyalik jangchi 19 fevral kuni "Bellator 274" turnirida AQSh vakili Chensi Renkantrini birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi. 38 yoshli Deyli so‘nggi jangida Jeyson Jeksonga ochkolar hisobiga ko‘ra, mag‘lub bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz: Andrey Koreshkov hamda yana bir rossiyalik mashhur jangchi, Aleksandr Shlemenko yanvar oyida "Fight Baza" klubi murabbiyi, hamyurtimiz Dmitriy Xudyakov taklifi bilan O‘zbekistonga kelib, o‘ziga xos master-klasslarda ishtirok etgan edi.
Fikrlar