
Andrey Kanchelskis "Tottenxem" - "Liverpul" uchrashuvida qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi va "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Sportbox.ru saytiga intervyu berdi.
- Final qiziqarli bo‘ladi. Ingliz jamoalari bitta kichik kamchilikka ega: har qanday natija holatida ham ochiq futbol o‘ynaydi, yopiq o‘yin qilishni eplay olishmaydi. Misol uchun italiyaliklar bir gol urib yopiq futbol korsatishadi. Ammo inglizlar buni qila olishmaydi. Shu bois bu erda ham finalning gollar va kurashlarga boy bo‘lishi kutilmoqda.
Albatta, men "Liverpul" uchun emasman. Men o‘sha shaharning "Everton" jamoasida o‘ynadim. Bu bizning "dushmanlarimiz". Umuman olganda, "Liverpul" juda ko‘p narsaga munosib: yaxshi mavsum o‘tqazdi, qiziqarli futbol namoyish etdi. Ammo bu uchrashuvda men "Tottenxem" tomonida bo‘laman, - dedi Kanchelskis.
Fikrlar