Andrey Kanchelskis: O‘FAdagilar nima qilmoqchi ekanliklarini tushunmayapman

  • 10 mart, 2019, 19:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 1-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. O‘yindan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani tashkil etildi. "Navbahor" murabbiyi quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. Bu haqda tribuna.uz sayti xabar berdi.

Tecno

Mavsum avvalida hech kim yutqazishni xohlamaydi, shu bois bellashuv keskin o‘tdi. Natijadan qoniqdim desam bo‘ladi. Bugun stadionimiz tayyor emasligi sababli o‘yinni Toshkentga ko‘chirdik. Biz rasman mezbon edik, lekin tezroq Namanganda o‘ynashni boshlasak, yaxshi bo‘lardi.

Mavsum boshlanishini intizorlik bilan kutdik. O‘zingiz ko‘rdingiz, har xil o‘zgarishlar qilishdi. To‘g‘risi, ular nima qilmoqchi bo‘lishayotganini umuman tushunmayapman. Endi 2-turni yana 20 kundan keyin o‘ynaymiz. Yuqorida aytganimdek, O‘FAdagilar nima qilmoqchi ekanliklarini tushunmayapman. Bunday g‘alati holatga birinchi marta to‘qnash kelyapman va bu menga erish tuyulmoqda. Lekin nima ham derdim, O‘zbekistonda yashayapmizmi, demak sizning qonunlaringiz bilan yashaymiz.

Muxlislar shuncha yo‘l bosib bizni qo‘llagani kelishgani uchun rahmat. O‘zim ham dovon oshib ko‘rdim va buncha yo‘lni bosib o‘tish oson emas. Namangandagi o‘yinlarda bizga ancha oson bo‘ladi deb o‘ylayman. Maqsadimiz? Maqsadlarimiz katta, lekin bizda hali stadion yo‘q. Bunday maqsadlar uchun sharoit kerak. Biz oddiy shug‘ullanadigan stadionimiz bo‘lmay turib qanaqasiga futbolchidan natija talab qila olamiz? O‘zingiz o‘ylang, yam-yashil maydonda futbol o‘ynash qanday, qumda o‘ynash qanday? Farq katta, shundaymi?

Futbol federatsiyasi talablar qo‘yishni qoyillatmoqda: galstuk taq, beyjik taq, o‘yinga ma’lum vaqtda kel, lekin maydon yo‘q! Shudgorda futbol o‘ynayapmiz. Bu to‘g‘ri emas deb o‘ylayman. Shunday bo‘lsa-da, biz kamida o‘tgan mavsumdagi natijamizni takrorlashimiz kerak, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
10/03/2019 19:10
ЎФАда футболни тушунадиган ҳеч ким йўқ. мураббий ичидагиларни айтибди. келганига ҳеч қанча вақт бўлмаган мураббий нолишни бошлади. ўринли фикрлар билдирибди.