
Andrey Kanchelskis: "Bunyodkor"ni osonlik bilan mag‘lub etamiz deb o‘ylagan edik
"O‘yin gollarga boy kechgani muxlislar uchun yoqdi albatta, lekin biz mag‘lub bo‘lganimiz yaxshi bo‘lmadi. "Bunyodkor" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi taymdagi ko‘rsatgan o‘yinimiz uchun muxlislarimizdan uzr so‘raymiz. Umuman tushunarsiz taym bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda esa haqiqiy jangovarlikni ko‘rsata oldik. Ikkita gol farqini yo‘qqa chiqarishga erishdik. Xatto uchinchi golni ham kiritishmiz mumkin edi. Afsuski mag‘lub buldik. Ikkinchi bo‘lim uchun yigitlarga rahmat aytaman. Muhimi jamoamda xarakter bor. Bundan xursandman.
Biz "Bunyodkor"ni yosh jamoa va oson mag‘lub etamiz deb o‘ylagandik. Ammo...
Ikkita o‘yinda ketma-ket yutqazdik. Endi tarkibda katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Nima ham derdim, hayot davom etadi. Endi bor e’tiborimizni "Nasaf"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinga qaratamiz", - deb rossiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Baxtiyor Toshtemirov.
Fikrlar