
Andres Inesta: "Barselona"ga qarshi o‘ynash biz uchun sharaf
"Vissel Kobe" yarim ximoyachisi Andres Inesta "Barselona"ga qarshi o‘rtoqlik bahsini intizorlik bilan kutayotganini aytib o‘tdi.
"Barselona"ga qarshi o‘ynash biz uchun sharaf. Bu juda ajoyib o‘yin, barchamiz bundan bahramand bo‘lishimiz mumkin. Shaxsan men uchun sobiq jamoadoshlarimga qarshi to‘p surish o‘zgacha bo‘ladi. Ushbu muhim uchrashuvda muxlislarga tomoshabop futbol namoyish etishni istaymiz.
Biz doimo chiroyli o‘yin ko‘rsatishga urinamiz. Biz barchamiz yaxshi o‘ynab, g‘alaba qozonishga intilamiz. To‘g‘ri juda qiyin, bu uchun yaxshi saviyadagi futbolchilar kerak. Jamoa bu borada ishlayapti, biz esa natijalarni yaxshilashga xarakat qilyapmiz," - dedi Andres Inesta.
Ma’lumot uchun, "Barselona" va "Vissel Kobe" o‘rtasidagi bellashuv 27 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar