"Andijon"ning uy uchrashuvlariga kirishga qisman taqiq qo‘yildi - Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari

  • 28 aprel, 17:36
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Tecno

Superliga

“Andijon” — “Surxon” / “Andijon” — “Dinamo”

O‘zbekiston kubogi 1-turi doirasidagi “Andijon” — “Surxon” uchrashuvi davomida muxlislar tomonidan har xil jismlar va elim idishlar maydonga uloqtirilgan holatlar qayd etilgan.

Shuningdek, Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Andijon” — “Dinamo” uchrashuvi davomida muxlislar tartibsizliklar kelitirib chiqarib, maydonga turli xil jismlar uloqtirishgan va o‘yinning 88-daqiqasida muxlislar uloqtirgan jism yordamchi hakamning boshiga tegib, unga tan jarohati etkazgani qayd etilgan.

O‘zaro muhokamalardan so‘ng “Andijon” klubining kelgusi uy uchrashuviga stadiondagi tribunalarga tomoshabinlarning kirishiga qisman taqiq qo‘yish hamda jarima intizom choralarini qo‘llash lozim topildi. Bu kabi holatlar takrorlangan taqdirda “Andijon” klubining uy uchrashuvini to‘liq tomoshabinlarsiz o‘tkazish intizom chorasini qo‘llash to‘g‘risida ogohlantirish berilishi belgilandi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Andijon” futbol klubining kelgusi uy uchrashuvida “Bobur arena” stadionining 1, 1A, 2, 3, 4, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 30, 31, 32-sektorlari, shuningdek VIP tribuna ostidagi o‘rindiqlarga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo‘yildi va klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari”  — “Sho‘rtan”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari”  — “Sho‘rtan” uchrashuvida “Navbahor lochinlari” jamoasi o‘yinni tashkil etishda ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, jumladan klub matbuot xizmati sust faoliyat olib borayotgani fotograflar uchun ajratilgan hududda tegishli akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan begona shaxslar aniqlangan hamda ularning ayrimlarida boshqa musobaqalar uchun berilgan akkreditatsiyalar, shuningdek, Ligaga umuman aloqasi bo‘lmagan boshqa turdagi ruxsatnomalar mavjud bo‘lgan. Qo‘shimchasiga, texnik hududda tegishli ruxsatnomasiz bir qator shaxslar bemalol harakat qilayotgan bo‘lsa-da, xavfsizlik ofitseri bu masalani tartibga solmagan, tibbiyot zambili uchun belgilangan xodimlarning etarli darajada bo‘lmagani kabi kamchiliklar aniqlangan.

Shuningdek, klub nomidan biror bir uchrashuvda muayyan vazifani bajarayotgan har qanday shaxs xulqi uchun javobgar ekanligi belgilangan bo‘lsa-da, stadionga tashrif buyurgan muxlislar mezbon “Navbahor lochinlari” jamoasi vakillari golni nishonlayotgan vaqtda maydonga turli jismlar, suv to‘ldirilgan idishlar, toshlar, qattiq jismlar, mobil telefon quvvatlagichlari uloqtirishgan, otilgan jismlar “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisiga tan jarohat etkazganligi qayd etilgan.

O‘zaro muhokamalardan so‘ng “Navbahor lochinlari” klubining kelgusi uy uchrashuviga stadiondagi tribunalarga tomoshabinlarning kirishiga qisman taqiq qo‘yish hamda jarima intizom choralarini qo‘llash lozim topildi. Bu kabi holatlar takrorlangan taqdirda “Navbahor lochinlari” klubining uy uchrashuvini to‘liq tomoshabinlarsiz o‘tkazish intizom chorasini qo‘llash to‘g‘risida ogohlantirish berilishi belgilandi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Navbahor lochinlari” futbol klubining kelgusi uy uchrashuvida stadionning 2, 3, 20, 21, CIP sektorlari, shuningdek VIP tribuna ostidagi o‘rindiqlarga tomoshabinlarni kirishiga taqiq qo‘yildi hamda “Navbahor lochinlari” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Neftchi” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvidan so‘ng “Navbahor lochinlari” jamoasi murabbiyi Mixail Smirnov hakam sha’niga nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mixail Smirnovga (Navbahor lochinlari) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Surxon” — “Qo‘qon-1912”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Surxon” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 52-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Xusniddin G‘ofurov raqib jamoa futbolchisi tirsagi bilan zarba berib, tajovuzkor harakat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Xusniddin G‘ofurovga (Qo‘qon-1912) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Surxon” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 80-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Muhammadanas Xasanov raqib jamoa futbolchisining oyoq qismini bosganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muhammadanas Xasanovga (Qo‘qon-1912) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Qizilqum”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Qizilqum” uchrashuvining 76-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov raqib jamoa futbolchisini nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Temurxo‘ja Abduxoliqovga (Bunyodkor) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Surxon”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Nasaf” — “Surxon” uchrashuvining 61-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Oybek Bozorov to‘p yo‘q vaziyatda raqib jamoa futbolchisining bosh qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Oybek Bozorovga (Nasaf) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Qo‘qon-1912”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 40-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Iqboljon Malikjonov oyog‘i bilan raqib jamoa o‘yinchisining oyog‘iga tajovuzkorona zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Iqboljon Malikjonovga (Qo‘qon-1912) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

OKMK — “So‘g‘diyona”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi OKMK — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Ehsoni Panshanbe o‘z texnik zonasida turib hakamni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ehsoni Panshanbega (So‘g‘diyona) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Paxtakor”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” uchrashuvida “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar hisoblanishi belgilangan bo‘lsa-da, “So‘g‘diyona” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishdagi ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, jumladan, xavfsizlik choralariga amal qilinmaganligi, uchrashuvning 80-daqiqasida tribunadan ikki muxlis tushib kelib, uchrashuvni maydonga yaqin joydan tomosha qilganligi, litsenziyasiz shaxslarning texnik zonada yurganligi, uchrashuvdan so‘ng ham ikki muxlisning maydonga yugurib tushishi, zambil va zambil ko‘taruvchi xodimlarning etarli darajada emasligi, zambil ko‘taruvchi xodimlar uchun o‘rindiqlar taqdim etilmaganligi va stadionda internet uchrashuvdan keyin ishlamaganligi kabi kamchiliklar aniqlanganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “So‘g‘diyona” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Sho‘rtan” — “Mash’al”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Mash’al” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Sho‘rtan” jamoasi futbolchisi Murodxo‘ja Jabborov to‘p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Murodxo‘ja Jabborovga (Sho‘rtan) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo” — “So‘g‘diyona”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Dinamo” — “So‘g‘diyona” uchrashuviga tez tibbiy yordam mashinasi o‘yin boshlanish vaqtidan o‘n ikki daqiqa kech kelganligi va uchrashuv kech boshlanganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Paxtakor”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Neftchi” — “Paxtakor” uchrashuvi davomida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandiga asosan “Neftchi” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda bir qancha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan. Jumladan, uchrashuv davomida Liga komissari uchun ajratilgan xona va darvozalar ortida joylashgan fotograflar uchun ajratilgan maxsus hududda Wi-FI internet tarmog‘i ishlamagani hamda uchrashuv avvalida jamoaviy suratga tushish uchun foydalaniladigan “Artel” brendi aks etgan maxsus konstruktsiyaning 2024 yilgi mavsumdagisi maydonga olib chiqilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Neftchi” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Qizilqum”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Qizilqum” uchrashuvining 76-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Nikoloz Mali hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nikoloz Maliga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Qizilqum” uchrashuvining 62-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Nikola Kumburovich o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nikola Kumburovichga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Surxon” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 70-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Gilerme Aleksander Machada Gedesh atayin vaqt cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Gilerme Aleksander Machada Gedeshga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Neftchi” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 62-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Ikrom Aliboev hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ikrom Aliboevga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Qo‘qon-1912”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Surxon” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Shahzod Beshimov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahzod Beshimovga (Qo‘qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Nasaf”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Buxoro” — “Nasaf” uchrashuvi davomida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar hisoblanishi belgilangan bo‘lsa-da, “Buxoro” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, jumladan, tez tibbiy yordam mashinasining kech kelishi oqibatida uchrashuv 9 daqiqa kech boshlangani, Mikst zonani o‘rab turadigan to‘siqlarning yo‘qligi, ball-boylar uchun stullar taqdim etilmaganligi, stadion zambil va zambil ko‘taruvchilar bilan ta’minlamaganligi, uchrashuv komissari xonasida internet ishlamaganligi kabi holatlar qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Buxoro klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston kubogi

“Qiziriq” — “Ishtixon”

O‘zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidagi “Qiziriq” — “Ishtixon” uchrashuvining 52-daqiqasida “Ishtixon” jamoasi futbolchisi Akbar Siddiqov to‘p uchun kurash vaqtida jiddiy qo‘pollik ishlatib, raqib jamoasi futbolchisi oyog‘ining himoyalanmagan joyiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Akbar Siddiqovga (Ishtixon) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Neftchi”

O‘zbekiston kubogi 1-tur uchrashuvi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Neftchi” uchrashuvining 60-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p uchun kurashda raqib jamoa darvozabonini qo‘li bilan urgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ibrohimhalil Yo‘ldoshevga (Neftchi) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.




 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!