
"Andijon"ning Tojikistondagi yig‘ini qanday o‘tmoqda? Damir Temirov nimalarni aytdi?
FIFA kunlaridan foydalanish maqsadida “Andijon” klubi qo‘shni Tojikistonda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqda. Bundan maqsad birinchi davraning so‘ngi turlariga optimal formada etib borish.
Shu maqsadda futbolchilar Tojikistondagi yig‘inda astoydil mehnat qilishmoqda. Jamoa etakchilaridan biri Damir Temirov aynan mazkur tayyorgarlik jarayoniga oid savollarga javob berdi.
- Jamoaning Tojikistondagi yig‘ini qanday o‘tmoqda, taassurotla qanday?
- Taassurolar yaxshi, sharoitlar a’lo darajada. Shuncha sharoit, imkoniyatlar mavjud. Atmosfera ajoyib, maydon, trenajyor zali bor.
- Demak, har tomonlama qoniqish hosil qilyapsiz?
- Hammasi yaxshi. Ikki mahaldan shug‘ullanyapmiz. Barchasi zo‘r.
- “Andijon” FIFA kunlaridan foydalanib mazkur yig‘inni tashkil qildi va bu jamoa uchun juda muhim. Chunki oldinda birinchi davring so‘nggi 4 ta o‘yini turibdi. Nima deb o‘ylaysiz, ushbu yig‘in rasmiy uchrashuvlarda qanchalik foyda keltiradi?
- Mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan. Menimcha, o‘z mevasini beradi, deb o‘ylayman.
- “Andijon” bu erda kuniga ikki mahaldan shug‘ullanmoqda. Fitnes zalida ham alohida ishlanyapti va maydonda ham. Qanday o‘tmoqda?
- Aytib o‘tganimdek, jismoniy tayyorgarlikka urg‘u berilgan. Ammo shu bilan birga maydonda to‘p bilan ham ishlayapmiz. Qolaversa, taktika ustida ham ko‘proq ish olib bormoqdamiz. Pozitsion to‘g‘ri o‘ynash va to‘g‘ri o‘ylash uchun ishlayapmiz.
- Jamoada kayfiyat qanday?
- Kayfiyat a’lo darajada. Har doimgidek barcha quvnoq. Hamma pozitiv.
- O‘z holatingiz qanday? Jarohatlar bezovta qilmayaptimi?
- Xudoga shukr, sog‘liq yaxshi, ishtiyoq bor.
- Jamoadan ijobiy natija kutayotgan ishqibozlarga qanday gaplaringiz bor?
- Fursatdan foydalanib, muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman. Qiyin paytimizda ham bizni qo‘llab-quvvatlashdi, buni his qilib turdik. Xudo xohlasa, ular kutayotgan natijalarni berishga harakat qilamiz.
Fikrlar