"Andijon"ning norvegiyaliklarga qarshi o‘yini qanday kechdi?

  • 8 fevral, 01:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Andijon” Antaliyadagi yig‘ini doirasida 7 fevral sanasiga belgilangan ikkinchi uchrashuvini Norvegiyaning “Raufoss” klubiga qarshi o‘tkazdi.

Antaliyadagi SB sport majmuasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham qiziqarli va jangovar tarzda kechdi. Tabiiyki, murabbiylar “Voytsberg”ga qarshi o‘yindan farqli o‘laroq bu safar boshqa tarkibni tushirishdi va bu oldindan o‘ylagan reja edi. Faqat kunning birinchi qismida zaxiradan maydonga tushirilgan Usmonali Ismonaliev ikkinchi bahsni boshlang‘ich tarkibda boshladi.

Uchrashuvda ikkita gol urildi va bu tanaffusdan keyin sodir bo‘ldi. Ikkala gol ham raqib futbolchilari tomonidan amalga oshirildi. Lekin "Andijon" jamoasida ham golga tortadigan qulay imkoniyatlar bo‘ldi. Masalan, Islam Mashukov deyarli birga-bir vaziyatda tepgan to‘pi biroz noaniq ketdi. Yana bir holatda esa uning burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan yo‘llagan zarbasi to‘singa tegdi. Shuningdek, Farhod Sohibjonov ham gol urish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Darvozabon Valijon Rahimov ayrim vaziyatlarda seyvlarini amalga oshirib, mahoratini ko‘rsatdi.

“Voytsberg” va “Raufoss” klublariga qarshi uchrashuvlar "Andijon" uchun ayni muddao bo‘ldi. Evropa jamoalariga qarshi to‘p surish har tomonlama foydalidir.

“Burgutlar”ning navbatdagi o‘yini 13 fevral sanasiga belgilangan bo‘lib, shu kuni ham jamoa a’zolari bir kunda yana ikkita uchrashuv o‘tkazadi.

“Andijon” – “Raufoss” (Norvegiya) – 0:2 (0:0).

7 fevral. Antaliya. SB sport majmuasi stadioni.

Bosh hakam: Aleksandr Zatula (1-bo‘limda). Mixail Bildinov (2-bo‘limda)

Yordamchi hakamlar: Anton Sisoev, Ivan Navrotskiy.

“Andijon”: Valijon Rahimov, Miomir Jurichkovich, Islom Mamatkazin, Oleg Zoteev, Usmonali Ismonaliev, Iskandar Shoyqulov, Damir Temirov, Farhod Sohibjonov, Ilhom Abdug‘aniev, Bektemir Abdumannonov, Islam Mashukov.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Mohir Komilov, Altin Kreziu, Rustam Turdimurodov,

"Raufoss" tarkibi: Kristian Lavl, Viktor Fors, Kristofer Xay, Adrian Xansen, Tomas Nixaym, Ole Amund Sven, Kodjo Somesi, Jan Inge Linom, Rayan Nelson, Erlend Xyusta, Andreas Osterud.

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar: Peter Yansen, Elias Sorum, Jonas Sorensen, Oskar Sangnes, Sander Nordbo, Tinus Engebakken, Agyeman, Jonas Dalen, Jeyms Ampofo, Torjus Ronningen.

Gollar: Ole Amund Sveen, 68 – 0:1. Sander Nordbo, 83 – 0:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!