
"Andijon"ning Antaliya yig‘ini nihoyasiga etdi
27 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahrida rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishgan "Andijon" 17 fevralda mazkur tayyorgarlik bosqichini yakunladi.
Xabar berganimizdek, u erda 7 ta nazorat uchrashuvi tashkillashtirildi. E’tiboringizga bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinlarini yana bir bor eslatib o‘tamiz.
31 yanvar
“Andijon” – “Chiksereda” (Ruminiya) – 0:0
3 fevral
“Andijon” – “Fakel” (Rossiya) – 1:4
Jamoamizdan gol mullifi Shahboz Erkinov (penaltidan)
8 fevral
“Andijon” – “Volga” (Rossiya) – 0:4
12 fevral
“Andijon” – “Veles” (Rossiya) – 5:1
Gollar: Suhrob Berdiev (dubl), Sardor Azimov, Nodari Kavtaradze, Bobur Farhodov.
“Andijon” – “Samtredia” (Gruziya) – 0:0
15 fevral
“Andijon” – “Rodina” (Rossiya) – 0:0
“Andijon” – “Petrokub” (Moldova) – 0:0
Qolaversa, tashkilotchilar tomonidan ushbu o‘yinlarga xorijlik malakali hakamlar tayinlandi. Boisi, Antaliyada hakamlar guruhlari ham yig‘in o‘tkazishdi va ularni nazorat qiluvchi shaxslar o‘z vaqtida taniqli referilar bo‘lishgan. Misol uchun Ulnovskning “Volga” jamoasiga qarish o‘yinda rossiyalik mashhur Nikolay Levnikov inspektorlik qildi. “Samtredia” bilan bo‘lib o‘tgan bahsda esa rossiyalik yana bir taniqli sobiq hakam - Vyacheslav Xarlamov inspektor vazifasini bajardi. Shuningdek, “Petrokub”ga qarshi kechgan o‘yinni qirg‘ig‘istonlik Bahodir Qo‘chqorov shogirdlari boshqarib bordilar va mazkur bahsning nazoratchisi Artyom Skopentsev edi.
Bir so‘z bilan aytganda, “Andijon”ning 21 kunlik xorij yig‘ini ko‘ngildagidek kechdi va barcha rejalar amalga oshdi. Jamoanig Antaliya yig‘ini ancha sermazmun o‘tdi. Murabbiylar shtabi tomonidan ham futbolchilar uchun barcha ko‘rsatmalar bajarildi.
Bugun jamoa a’zolari Antaliyadan to‘g‘ri Toshkentga parvoz qiladilar va shu bilan qisqa muddatli dam berilgach, so‘ng yangi mavsumning dastlabki o‘yini uchun oxirgi tayyorgarlikka kirishiladi.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar