
"Andijon"ni tark etgan legioner yana Superligaga qaytmoqchi
O‘tgan yili O‘zbekiston chempionatida, aniqrog‘i, “Andijon” safida to‘p surgan serbiyalik himoyachi Lyubisha Petsel mavsum yakunlangach, shartnomasi tugagani sababli jamoa bilan xayrlashgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi faoliyatini yana O‘zbekiston chempionatida davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Petsel “Andijon”ga o‘tgan yili ikkinchi davrada qo‘shildi. Yarim mavsum davomida u Superligada 5, Kubok doirasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi hamda “Burgutlar” bilan O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi.
Aftidan, serbiyalik himoyachiga O‘zbekiston Superligasi yoqib qolgan ko‘rinadi. U muzokaralarga kirishgan bo‘lishi katta ehtimol.
Fikrlar